Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Vinisius Junior 1 milliardlik taklifni rad etdi

Vinisius Junior 1 milliardlik taklifni rad etdi

"Real" va Braziliya terma jamoasi a’zosi Vinisius Junior Saudiya Arabistonidan tushgan kattagina taklifni rad etdi va madridliklar bilan kelishuv muddatini uzaytirish niyatida.

Ma’lum qilinishicha, saudiyaliklar Vinisiusga yiliga 200 million yevrodan besh yillik bitim taklif qilishgan. Biroq braziliyalik arablar bilan bunday uzoq muddatga bitim imzolashni istamadi. Vinisius 2 — 3 yillik shartnomalarni ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lgan. Biroq Saudiya Arabistoni vakillari bunday shartlarga rozi bo‘lishmadi. Ayni damda 24 yoshli vinger "Real" bilan yangi ikki yoki uch yillik shartnoma imzolash niyatida.

Kiritildi: 16:52 10.04.2025. O'qildi: 1078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!