Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Viktor Orban: "Bryussel Sorosning cho‘ntagida"

Viktor Orban: "Bryussel Sorosning cho‘ntagida"

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa komissiyasi "Sorosning cho‘ntagida" ekanini aytdi.

Kossuth Radio radiosiga bergan intervyusida Orban Yevropa komissiyasi Soros tarmog‘ini yaratishni YEI davlatlari hisobidan moliyalashtirayotganini ta’kidlagan.

Uning ta’kidlashicha, Yevropada globalistik ta’sirga qarshi kurash nihoyatda muhim.

"2025 yil Soros tarmog‘ining Yevropadagi ta’sirini yo‘q qilish uchun hal qiluvchi yil bo‘ladi. Umid qilamanki, boshqa vatanparvar Yevropa yetakchilari Vengriya bilan birga qit’ada suverenitetni tiklashga kirishadi", - dedi u.

Vengriyaning energiya xavfsizligi masalasiga to‘xtalgan Bosh vazir energiya narxining oshishini mamlakat iqtisodiyoti uchun katta xavf deb atadi. U Vengriyaning “Turk oqimi” gaz quvurini himoya qilish majburiyatini yana bir bor ta’kidlab, uni “Vengriya iqtisodiyotining hayotiy tarmog‘i” deb atadi.

Orban 2030 yillar boshida Paksh-2 atom elektr stansiyasi ishga tushirilishidan avval to‘g‘ri energiya siyosati yuritilishi muhimligini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:25 17.01.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!