Vyetnam markazida sodir bo‘lgan tabiiy ofat 15 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. 43 000 dan ortiq uy va o‘n minglab gektar maydonlar suv ostida qolgan, deb yozadi Reuters.
Minglab aholi evakuasiya qilinmoqda va ko‘plab hududlar elektrsiz qolmoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Da Nim daryosi ustidan o‘tgan bu ko‘prik o‘nlab yillar davomida xizmat qilgan.
Mamlakat hokimiyatiga ko‘ra, Lamdong provinsiyasidagi bu suv toshqini so‘nggi yillardagi eng og‘ir va dahshatlilaridan biri hisoblanadi.