AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Eron xavfsizlik xizmati yuqori lavozimli vakili bilan shaxsan muzokara o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.
«Vise-prezident Jey Di Vens Respublikachilar partiyasiga to‘siq bo‘layotgan, deb hisoblayotgan urushga barham berish maqsadida Eron xavfsizlik xizmati yuqori lavozimli vakili bilan shaxsan muzokara o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda», — deb yozadi nashr.
Gazeta manbalariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda AQSh prezidenti Donald Tramp yuqori lavozimli yordamchilari va hamkasblariga Vensning Eron bilan muzokaralarni qayta boshlashiga rozi ekanini bildirgan va unga muzokaralar olib borish vakolatini bergan.
Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, agar Vens va Eron rasmiylari uchrashishga kelishsa, muzokaralarning keyingi bosqichini o‘tkazish uchun Qatar poytaxti Doha ehtimoliy manzil sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Oktyabr oyida AQSh vise-prezidenti Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiyga uchrashuv o‘tkazish taklifi bilan xat yuborgan edi.