AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuvning tuzilishi Yaqin Sharqda keyingi 50 yil ichida tub o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Uning ta’kidlashicha, agar Eron kelishuv shartlariga rioya qilsa, bu "keyingi 50 yil ichida Yaqin Sharqni tubdan o‘zgartiradi".
Vensning ta’kidlashicha, kelishuv urushga chek qo‘yishi, mintaqaning investisiya jozibadorligini oshirishi va amerikalik iste’molchilar uchun energiya narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.