Agar AQSh harbiylari Hormuz bo‘g‘oziga joylashtirilmaganida, AQShda benzin narxi bir necha baravar yuqori bo‘lar edi.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens CBS telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi.
"AQShda benzin narxi juda yuqori. Agar AQSh dengiz floti Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft va gaz tranzitini ta’minlamasa, ular uch baravar yuqori bo‘lar edi", deb ta’kidladi Vens.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar AQSh harbiylari Hormuzdan chiqib ketsa, energiya narxlari keskin ko‘tariladi.
AQSh vise-prezidenti shuningdek, Vashington hozirda barqaror energiya ta’minoti zanjirlarini saqlab qolish va Tehrondan yadroviy dasturini cheklash bo‘yicha aniq majburiyatlarni olishga intilayotganini ta’kidladi.