Madyar Vengriyada saylovlarda ishtirok etish uchun belgilangan yosh chegarasini 18 yoshdan 16 yoshgacha tushirishni taklif qildi
Bu haqda Daily News Hungary xabar bermoqda.
"Men bugungi kunda 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning aksariyati umumiy qarorlarimizni qabul qilishda ishtirok etish uchun yetarlicha tayyorgarlikka va xabardorlikka ega ekaniga ishonchim komil. O‘z navbatida, konstitusiyani ishlab chiqish jarayonida men saylov yoshini 16 yoshgacha tushirishni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim", — deydi Peter Madyar.