Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Vengriyada antiqa chempionat o‘tkazildi

A A A
Vengriyada antiqa chempionat o‘tkazildi

Vengriyaning Seksard shahrida qabr qazish bo‘yicha XVIII chempionat bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Vengriya operatorlari va qabristonlarga xizmat ko‘rsatuvchilar uyushmasi (MTFE) tomonidan tashkil etildi.

«Tanlovning maqsadi – go‘rkov hamkasblarimiz mehnatini e’tirof etish... Ularning kundalik ishi nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, balki ulkan ma’naviy kuch va professionallikni ham talab qiladi», deyiladi tashkilotchilar xabarda.

MTFE Sírásó Verseny nomi bilan tanilgan tanlov 2016 yildan beri o‘tkazilmoqda. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - go‘rkovlik kasbining nufuzini oshirish, «yoshlarni mehnatga jalb etish hamda mahoratini namoyish etishdan» iborat.

Ishtirokchilar ikki kishilik jamoalarda bellashadi. Vazifa shundan iboratki, cheklangan vaqt ichida uzunligi 200 sm, kengligi 80 sm va chuqurligi 160 sm bo‘lgan qat’iy standartlarga javob beradigan qabrni qazish kerak. Bajarilgan ishning tezligi, o‘lchamlarining aniqligi va estetikasi bilan baholanadi. 2025 yilgi musobaqada barcha sovrinli o‘rinlarni vengriyaliklar qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 23:18 13.09.2025. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!