Vengriya bosh vaziri Madyar Turkiya va Pokiston rahbarlaridan olgan sovg‘alarni hazilomuz tarzda taqqosladi. Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif unga 90 dona mango yuborganidan so‘ng, u ijtimoiy tarmoqda: «Hamma ham sovg‘aga to‘pponcha bermaydi», — deb yozdi.
Bu gap bilan Madyar Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an alyans yetakchilariga turk ishlab chiqaruvchisi Sarsılmaz SR-38 nomlari yozilgan revolverlar sovg‘a qilganini eslatdi.