Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Venger: «El-klasiko» erkaklar va bolalar o‘yinidek bo‘ldi — «Real» «Barsa»ni yo‘q qildi!

Venger: «El-klasiko» erkaklar va bolalar o‘yinidek bo‘ldi — «Real» «Barsa»ni yo‘q qildi!

Mashhur sobiq murabbiy Arsen Venger "Real"ning "Barselona"ga qarshi kechgan o‘yini haqida fikr bildirdi. "Qaymoqranglilar" o‘z maydonida Kilian Mbappe va Jud Bellingemning gollari evaziga ustun keldi (2:1), mehmonlar safida Fermin Lopes o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

"El-klasiko" erkaklar va yosh bolalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka o‘xshardi. "Real" himoyada "Barselona"dan ancha kuchli ko‘rindi.

"Real" to‘pga egalik qilganida doim xavf sezilardi, "Barsa" esa tishsiz bo‘riga o‘xshab harakat qilardi - to‘pga egalik qilish ko‘p, lekin o‘tkirlik kam. Xabi Alonsoga qoyil qolish kerak," - deya "Arsenal" sobiq ustozi Vengerning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

"Real" asosiy raqobatchisini mag‘lub etib, La Liga turnir jadvalida "Barselona"ni 5 ochkoga ortda qoldirdi.

Kiritildi: Bugun 09:04. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!