Norvegiyada xavotir kuchaygan. Rossiya Arktika hududida yadroviy qurollar va suvosti kemalarini jamlab, NATO bilan ehtimoliy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bu haqda The Daily Mail nashri mamlakat mudofaa vaziri Tore Sandvikka tayanib xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurollar faqat Norvegiyaga emas, balki Buyuk Britaniya, Kanada va AQShga ham yo‘naltirilgan.
Sandvik qo‘shimcha qildi: Rossiya Kolsk yarimorolida dunyodagi eng katta yadroviy bazaga ega va bu yerda gipertovushli raketalar hamda yadroviy torpedalar sinovdan o‘tkazilmoqda.
“Biz NATOning ko‘zi va qulog‘imiz. Rossiya bu hududda yangi qurollarni faol sinayotganini yaqqol ko‘ryapmiz”, — dedi u The Telegraph nashriga.