Ukrainadagi urushni tugatish uchun Tramp nafaqat Putinga, balki Zelenskiyga ham bosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda, dedi AQShning NATO'dagi vakili.
“Prezident Tramp Vladimir Putinga bosim o‘tkazishni davom ettirish, ochig‘ini aytganda, Vladimir Zelenskiyga ham bosim o‘tkazishni davom ettirish, shuningdek, har ikki tomonni muzokaralar stoliga o‘tqazish, o‘t ochishni to‘xtatish, urushni tugatish va insonlar halok bo‘lishiga chek qo‘yish uchun bosim o‘tkazishning yangi usullarini izlamoqda”, – dedi Metyu Uitaker Newsmax efirida.
Uning aytishicha, bu “shunchaki hech kim g‘alaba qozonmaydigan shafqatsiz urush” bo‘lib qolmoqda.