Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozirda raketalarni mustaqil ravishda ishlab chiqara olishi dargumon.
"Raketalar Britaniyadan, Germaniyada, Italiyadan yoki boshqa har qanday davlatdan olingan bo‘lishidan qat’i nazar biz bunday zarbalarga qat’iy javob qaytaramiz. Bu raketalarning asosiy qismlari va bloklari Yevropadan to‘liq import qilinmoqda", — dedi Peskov.
Avvalroq Putin ham Rossiyaning ichki hududlariga amalga oshiriladigan raketa zarbalari uchun “jiddiy va hayratlanarli javob” qaytarilishini aytgan edi.