Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya yadro kuchlari dunyodagi eng yuqori darajada hisoblanadi — Vladimir Putin

Rossiya yadro kuchlari dunyodagi eng yuqori darajada hisoblanadi — Vladimir Putin

Rossiya prezidenti bu haqda Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov va guruh komandirlari bilan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

"Rossiya shu hafta yadro kuchlari mashg‘ulotlari chog‘ida istiqbolli qurol namunalari sinovlarini o‘tkazdi. Rossiyaning yadro qalqoni o‘z ishonchliligini tasdiqladi", — dedi prezident.

Putin, shuningdek, “Burevestnik” raketasining sinovlari yakunlanganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, yadroviy energiya tizimiga ega “Burevestnik” qanotli raketasi dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan noyob qurol hisoblanadi.

Gerasimovning Putinga bergan hisobotiga ko‘ra, “Burevestnik” raketasi sinovi 21 oktyabr kuni o‘tkazilgan, raketa 14 ming kilometr masofani bosib o‘tgan.
Uning aytishicha, “Burevestnik” raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini aylanib o‘tish imkoniyatlarini namoyish qilgan.

Putin shuningdek, bu raketani jangovar navbatchilikka qo‘yish uchun hali katta ishlar bajarilishi kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:14 26.10.2025. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!