Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Urush tufayli Putinning reytingi rekord darajada oshdi

 Urush tufayli Putinning reytingi rekord darajada oshdi

Rossiya Fanlar akademiyasining Ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar instituti o‘tkazgan so‘rovnomada ishtirok etganlarning 65 foizi Putinning faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan, bu barcha kuzatuv yillari ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

2000 yilda rossiyaliklarning 12 foizi, 2018 yilda esa 54 foizi uni “mamlakat uchun foydali” deb baholagan. Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng bu ko‘rsatkich 60 foizgacha ko‘tarilgan.

Ikkinchi o‘rinda Stalin turibdi, uni so‘ralganlarning 45 foizi tilga olgan. Sovet rahbarining reytingi, xuddi Rossiyaning amaldagi prezidentiniki singari, so‘nggi o‘ttiz yil ichida eng yuqori darajaga yetgan. 2016 yilda uning faoliyatini respondentlarning 31 foizi, 2022 yilda 40 foizi, 2025 yilda esa 45 foizi ijobiy baholagan.

Putin va Stalinning obro‘si oshib borayotgani fonida Nikolay II (16 foiz) va Leonid Brejnevning (24 foiz) rolini ijobiy baholaganlar ulushi ham ko‘paygan.

Salbiy reytingda Mixail Gorbachyov va Boris Yelsin peshqadamlik qilmoqda: rossiyaliklarning 59 foizi Gorbachyov mamlakatga eng ko‘p zarar yetkazgan deb hisoblasa, 56 foizi Yelsinni shunday deb biladi.

Kiritildi: 18:15 26.10.2025. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!