Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Venesuelaning vaqtincha prezidenti Madurodan ham qimmatroq narx to‘lashi mumkin

Venesuelaning vaqtincha prezidenti Madurodan ham qimmatroq narx to‘lashi mumkin

Agar Venesuelaning vaqtincha prezidenti Delsi Rodriges AQSh bilan hamkorlik qilishdan bosh tortsa, Madurodan ham qimmatroq narx to‘laydi — Donald Tramp.

AQSh prezidenti Rodriges “Vashington istaganday ish tutsa”, Venesuelada AQSh harbiy ishtiroki kerak bo‘lmasligini bildirgan.

AQSh maxsus bo‘linmalari Karakasda prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga olib, Venesueladan olib chiqib ketgach, Venesuela Oliy sudi mamlakat vise-prezidenti Delsi Rodrigesni davlatning vaqtincha rahbari etib tayinladi.

Donald Tramp Delsi Rodriges AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirganini ham aytgan. Venesuelaning vaqtincha prezidenti davlat telekanali orqali chiqish qilib, Nikolas Maduroni mamlakatning yagona qonuniy prezidenti deb atagan.

Kiritildi: 17:47 05.01.2026. O'qildi: 1109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!