Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Eronning yana ikki shahri namoyishchilar nazoratiga o‘tdi

Eronning yana ikki shahri namoyishchilar nazoratiga o‘tdi

Eronda hukumatga qarshi davom etayotgan namoyishlar ishtirokchilari mamlakat g‘arbida joylashgan Abdanan va Malekshahi shaharlari ularning nazoratiga o‘tganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Fox News telekanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abdanan va Malekshahi shaharlaridagi barcha ma’muriy binolar namoyishchilar tomonidan egallangan, yangi ma’muriyat shakllantirilmoqda. Shuningdek, namoyishchilar shaharlardagi ko‘chalar nomini o‘zgartirmoqda, ayrimlariga Donald Tramp nomi berilmoqda. Eronning ayrim hududlarida polisiyachilar namoyish ishtirokchilari tomonga o‘tmoqda.

Biroq Eronning Tasnim va Mehr axborot agentliklari g‘arb ommaviy axborot vositalarining Malekshahi va Abdanan shaharlari namoyishchilar tomonidan egallangani haqidagi xabarlarini rad etmoqda.

AQSh Davlat departamenti o‘z bayonotida “adolat tantanasiga bo‘lgan umidni so‘ndirmay kelayotgan eronliklarning jasorati va qat’iyatini olqishladi”.

Norozilik aksiyalari Eronning kamida 27 viloyatidagi 92 shaharda bo‘lib o‘tmoqda, umumiy hisobda 285 ga yaqin norozilik o‘choqlari qayd etilgan. Inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, 28 dekabrdan beri davom etayotgan namoyishlarda kamida 35 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.

Kiritildi: 21:24 07.01.2026. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!