Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

"Rossiya va Xitoy qo‘rqadigan yagona davlat bu AQSh"

"Rossiya va Xitoy qo‘rqadigan yagona davlat bu AQSh"

Agar men bo‘lmaganimda, Rossiya butun Ukrainani qo‘lga kiritgan bo‘lardi. Rossiya va Xitoy qo‘rqadigan yagona davlat bu AQSH, dedi AQsh rahbari Donald Tramp.

AQSh prezidenti Truth Social tarmog‘ida post e’lon qilib, NATO'ga a’zo davlatlar, Ukraina, Rossiya va Xitoy haqida fikr bildirdi.

"Men bo‘lmaganimda, hozir Rossiya butun Ukrainani nazorat qilayotgan bo‘lardi. Shuni ham yodda tutingki, men yolg‘iz o‘zim sakkizta urushga barham berganman, biroq NATO a’zosi bo‘lgan Norvegiya ahmoqona tarzda menga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini berishni rad etdi. Ammo buning ahamiyati yo‘q. Muhimi, men millionlab insonlarning hayotini saqlab qoldim.

Qo‘shma Shtatlar bo‘lmasa, Rossiya ham, Xitoy ham NATO'dan qo‘rqmaydi. Hammaga omad kulib boqdi, chunki men birinchi prezidentlik muddatimda qurolli kuchlarimizni tikladim va hozir ham buni davom ettiryapman. Biz har doim NATO bilan birga bo‘lamiz, hatto ular biz bilan birga bo‘lmasa ham. Xitoy va Rossiya qo‘rqadigan va hurmat qiladigan yagona davlat bu Donald Tramp tomonidan qayta tiklangan AQShdir", — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

Kiritildi: 22:07 07.01.2026. O'qildi: 6194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!