Venesuelada AQShning ehtimoliy hujumiga qarshi turish uchun xalqqa qurol tarqatish boshlandi.
Bugun Karakasda qurol tarqatish punktida mahalliy "kollektivos" (kasaba uyushmasi, jamoat tashkiloti va milisiya aralashmasi) hodimlariga qurollar tarqatildi.
Avvalroq, sobiq prezident Maduro an’anaviy bo‘lmagan urushni olib borish uchun nomuntazam partizan bo‘linmalarini shakllantirish to‘g‘risida farmoyish bergan edi. Bu kuchlar AQSh tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy tajovuzga qarshi turishga mo‘ljallangan.
Prezident Tramp agar Venesuelaning hozirgi hukumati AQSh bilan kelishib ish yuritmasa qayta hujum qilish bilan tahdid qilgan. Hozirgi hukumat esa aynan shu siyosatni tanladi.