Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Podrino Lopes videomurojaat yo‘lladi

Venesuela mudofaa vaziri Vladimir  Podrino Lopes videomurojaat yo‘lladi

Avvalroq uning AQSh zarbasi natijasida halok bo‘lgani xabar qilingandi.

"Bugun ertalab Venesuela xalqi AQSh hukumati tomonidan amalga oshirilgan harbiy tajovuzga uchradi. Venesuela AQSh bilan muzokara o‘tkazmaydi. Ozod Vatan nidosi har bir go‘shada yangrasin! G‘alaba bizniki, chunki biz bilan aql-idrok va qadr-qimmat bor! Biz g‘alaba qozonamiz!", — dedi Venesuela mudofaa vaziri.

Avvalroq Tramp Venesuyela prezidenti Nikolas Maduroning asirga olingani haqida ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga, The Wall Street Journal nashri hukumatga yaqin manbasiga tayanib, Venesuela vise-prezidenti Delsi Rodriges hozirda xavfsiz joydaligi haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Xorijiy ommaviy axborot vositalarining ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Padrino Lopesning uyiga zarbalar bergani va u halok bo‘lgani e’lon qilingan edi..

Kiritildi: 20:38 03.01.2026. O'qildi: 18302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!