Rossiya AQSh Venesuela sohillarida qo‘lga olishga uringan va ta’qib etayotgan tankerni kuzatib borish uchun o‘z suvosti kemasini yubordi, deb xabar bermoqda WSJ.
Gazetaning AQSh rasmiysiga tayanib xabar berishicha, Rossiya bo‘sh neft tankerini kuzatib borish maqsadida suvosti kemasini yuborgan. Avval Bella 1 (hozirgi nomi Marinera) nomi bilan tanilgan tanker Vashington tomonidan Venesuela yaqinida sanksiyalar ostidagi neft tankerlariga qarshi joriy etilgan blokadani chetlab o‘tishga uringan.
"Kema Venesuelada to‘xtab, neft yuklay olmagan. Tanker bo‘sh bo‘lishiga qaramay, AQSh sohil qo‘riqlash xizmati uni Atlantika okeanida ta’qib qilishda davom etmoqda. Hozirda u Islandiyadan taxminan 450 km janubda bo‘lib, Shimoliy dengiz tomon harakatlanmoqda", deya yozmoqda The Wall Street Journal.