Ertaga, 8 yanvardan boshlab "metan zapravkalar" soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yurita boshlaydi.
Aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz barqaror ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan "metan zapravkalar" faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
Farg‘ona vodiysida "metan zapravka"larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda “metan zapravkalar”ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.