Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Venesuelaga aloqador neft tankerlari blokadasi Maduro jinoiy guruhi AQShning o‘g‘irlangan barcha aktivlarini qaytarmagunigacha o‘z kuchida qoladi

Venesuelaga aloqador neft tankerlari blokadasi Maduro jinoiy guruhi AQShning o‘g‘irlangan barcha aktivlarini qaytarmagunigacha o‘z kuchida qoladi

Venesuelaga aloqador neft tankerlari blokadasi Maduro jinoiy guruhi AQShning o‘g‘irlangan barcha aktivlarini qaytarmagunigacha o‘z kuchida qoladi — Pentagon rahbari.

Pit Hegsetning ta’kidlashicha AQSh prezidenti Donald Tramp bu borada ko‘rsatma bergan.

"Prezident Tramp aniq qilib tushuntirdi: Venesueladan chiqayotgan yoki u yerga ketayotgan sanksiya ostidagi neft tankerlari blokadasi Maduro jinoiy guruhi o‘g‘irlangan barcha Amerika aktivlarini qaytarmagunicha amalda bo‘ladi. Pentagon AQSh Sohil qo‘riqlash xizmatidagi hamkorlari bilan birgalikda, “Janubiy nayza” operasiyasi doirasida noqonuniy jinoiy tarmoqlarni yo‘q qilish maqsadida dengizdagi nishonlarni tutib olishni shafqatsizlarcha amalga oshiradi. Zo‘ravonlik, giyohvand moddalar va tartibsizlik G‘arbiy yarim sharni nazorat qila olmaydi", — deya bayonot berdi Hegset.

Kiritildi: Bugun 18:14. O'qildi: 169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!