Venesueladagi kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 4930 kishiga yetdi.
Bu haqda Milliy Assambleya (parlament) spikeri Xorxe Rodriges bu haqda o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
Rodriges tomonidan e’lon qilingan yangilangan hukumat hisobotiga ko‘ra, 16 740 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan, yana 17 907 kishi uysiz qolgan. 190 ta inshoot butunlay vayron bo‘lgan va 856 ta binoda jiddiy zarar ko‘rilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari doirasida 6462 kishi qutqarilgan, 35 781 kishi kasalxonalarda tibbiy yordam olgan. 128 324 oilaga yordam ko‘rsatilgan, 21 210 kishi 107 ta vaqtinchalik lagerlarga joylashtirilgan va jabrlanganlarga 10 063 tonna oziq-ovqat yetkazib berilgan.
24 iyun oqshomida Venesuelada zilzilalar qayd etilgan. Taxminan 40 soniya oralig‘ida 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘lgan. Ikkala zilzila episentrlari Yarasuy shtatida bir-biridan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan edi. Asosiy zilziladan so‘ng 1308 ta aftershok qayd etildi.