Gubernator Vashington shtati xalqi nomidan O‘zbekistonning Sietl shahridagi Bosh konsulxonasi ochilishi munosabati bilan mamlakatimizni samimiy tabrikladi.
Ushbu diplomatik vakolatxona savdo va investisiyalar, texnologiyalar, innovasiyalar, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, madaniyat, turizm hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bob Fergyuson kelgusidagi hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlarni Gubernator sifatida katta umid bilan kutishini ma’lum qildi.