AQSh Davlat departamenti Ukrainaga «HAWK» zenit-raketa tizimlarining ishchi holatini saqlab turish uchun qariyb 108 million dollarlik uskunalarni sotish ehtimolini ma’qulladi.
«AQSh Davlat departamenti Ukraina hukumatiga «Hawk» raketa tizimlari va unga tegishli uskunalarni sotish ehtimoli bo‘yicha qaror qabul qildi. Kelishuvning taxminiy umumiy qiymati 108,1 million dollarni tashkil etadi», — deyiladi vazirlik rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.