Qo‘shma Shtatlar arab davlatlari Eronga qarshi harbiy operasiyani moliyalashtirishdan manfaatdor.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Menimcha, prezident Donald Tramp ularni bunga undashdan juda manfaatdor bo‘ladi", dedi u Vashington arab davlatlarining Eronga qarshi AQSH-Isroil operasiyasini moliyalashtirishini xohlaydimi yoki yo‘qmi degan savolga izoh berar ekan.
Levitt Vashington ma’muriyati rahbari bu haqda keyinroq izoh berishini aniqlik kiritdi.