Eronning birinchi vise-prezidenti Muhammad Rizo Arif AQShning Islom Respublikasiga qarshi quruqlikdagi operasiyasi haqida fikr bildirdi.
Muhammad Rizo Arif Al Jazeera telekanalida AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika qo‘shinlarini Xark oroliga joylashtirishga qaror qilishi mumkinligini, ammo ularning qaytishi Vashingtonga emas, balki Tehronga bog‘liqligini aytdi.
"Tramp o‘z qo‘shinlarini Xark oroliga yuborishga qaror qilishi mumkin. Ammo bu holda ularning qaytishi haqidagi qarorni Eron tomoni qabul qiladi", dedi Orif.