Tramp neft taqchilligini boshdan kechirayotgan mamlakatlarni uni Erondan tortib olishga yoki AQShdan xarid qilishga chaqirdi.
U Qo‘shma Shtatlarning Erondagi harbiy amaliyotini qo‘llab-quvvatlamagani uchun ittifoqchilarni yana bir bor tanqid qilib, bundan buyon ularga yordam ko‘rsatmaslikka va’da berdi.
"Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli aviasiya yoqilg‘isini ololmayotgan barcha davlatlarga, masalan, Eronni “boshsiz” qoldirish amaliyotida ishtirok etishdan bosh tortgan Buyuk Britaniyaga taklifim bor: Birinchidan — uni AQShdan sotib oling, bizda u ortig‘i bilan topiladi. Ikkinchidan — kechikkan bo‘lsa-da, jasoratingizni to‘plab, bo‘g‘ozga boring va uni shunchaki oling.
O‘zingizni o‘zingiz himoya qilishni o‘rganishni boshlashingizga to‘g‘ri keladi. Xuddi siz bizga yordamga kelmaganingiz kabi, AQSh ham endi sizga yordam berishga bormaydi. Eron allaqachon “boshsiz” qoldirilgan. Vazifaning eng qiyin qismi bajarib bo‘lindi. Boring va neftingizni o‘zingiz oling!", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.