Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: "Ukraina Rossiya bilan kelishuvning har qanday shakliga tayyor"

Zelenskiy: "Ukraina Rossiya bilan kelishuvning har qanday shakliga tayyor"

"Biz o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha har qanday muzokaralarga ochiqmiz. Bu to‘liq sulh bo‘ladimi yoki energetika va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi kelishuvmi – farqi yo‘q. Ya’ni dengizda ham, osmonda ham raketa va dronlar uchmasligi, infratuzilmaga zarba berilmasligi kerak. Biz bularning barchasini taklif qilganmiz", — dedi Zelenskiy 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan onlayn-konferensiyada.

Ukraina prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Kiyev avval ham "urushni tugatishning turli formatlarini qo‘llab-quvvatlagan", biroq bu "davlatning qadr-qimmati va mustaqilligiga putur yetkazmasligi" kerak.

"O‘t ochishni to‘xtatishning barcha ko‘rinishlariga, shu jumladan, Pasxa bayrami kunlarida ham janglarni to‘xtatishga rozimiz. Biz suverenitetimizdan tashqari har qanday murosaga tayyormiz", — deya ta’kidladi prezident.

Kiritildi: Bugun 14:30. O'qildi: 1009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!