Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) “Haqiqiy va’da 4” operasiyasining 87-to‘lqinini amalga oshirdi.

Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi matbuot xizmati e’lon qildi.

"Razvedka va operasion faoliyat natijasida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz kuchlari AQSh va Isroil qo‘mondonlari joylashgan to‘rtta ob’ektni vayron qildi”, deyiladi bayonotda. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Minhad aviabazasi tashqarisida tashkil etilgan qo‘mondonlik markazi nishonga olingani ta’kidlangan.

“Ushbu markazda 200 dan ortiq amerikalik qo‘mondonlar va o‘rta darajadagi zobitlar joylashgan edi”.

Yana bir qo‘shma operasiya davomida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Bahrayndagi asosiy garnizon tashqarisidagi AQShning 5-flot qo‘mondonlari joylashgan yashirin joyga dron hujumi uyushtirgani haqida xabar berilgan.

“Uchinchi davlat bayrog‘i ostida suzib yurgan Isroilga tegishli konteyner kemasi ham Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz flotining raketa hujumiga uchradi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Saudiya Arabistonidagi Dahran qirg‘og‘idagi baza tashqarisida joylashgan va F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarish uchun ishlatiladigan AQShga tegishli havo hujumidan oldingi ogohlantirish radar tizimiga zarba berilgani haqida xabar berilgan.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 1321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!