Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyaliklar 1 maydan boshlab VPN ishlatgani uchun haq to‘lashi mumkin

Rossiyaliklar 1 maydan boshlab VPN ishlatgani uchun haq to‘lashi mumkin

Bu haqda Forbes xabar berdi.

Raqamli rivojlanish vaziri Maqsud Shadayev aloqa operatorlaridan mobil tarmoqlarda oyiga 15 Gb dan ortiq xalqaro trafik uchun to‘lov joriy etishni so‘ragan. Ushbu yig‘im 1 maydan kuchga kirishi kutilmoqda.

Shadayev "VK", "Ozon" va "Yandeks" kabi yirik platforma vakillari bilan ham uchrashib, ulardan "VPN" orqali kiruvchi foydalanuvchilar uchun cheklovlar qo‘yishni so‘radi. Shuningdek, vazir "VPN" ishlatganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkinligini istisno qilmadi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, vazirlik Vladimir Putinning yopiq topshirig‘ini ijro etyapti. Biroq soha mutaxassislari "VPN" ishlatish faktini texnik jihatdan mutlaq aniqlik bilan isbotlash imkonsiz ekanini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 15:35. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!