Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

V Milliy mehmondo‘stlik mukofoti g‘oliblari aniqlandi

V Milliy mehmondo‘stlik mukofoti g‘oliblari aniqlandi

2026 yil 14 fevral kuni VII Hotel Business Forum 2026 doirasida turizm va mehmondo‘stlik sohasida yil yakunlarini sarhisob qiluvchi yubiley tadbir — V Milliy mehmondo‘stlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov ochib berdi. U turizmni rivojlantirish uchun kasbiy standartlarni doimiy ravishda oshirish, innovasiyalarni joriy etish va mamlakatning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga qodir kadrlarni tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

V Milliy mehmondo‘stlik mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Mukofot 2021-yildan buyon O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda va xizmat ko‘rsatish madaniyatini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda mamlakatning zamonaviy sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi imijini mustahkamlashga qaratilgan.

V Milliy mehmondo‘stlik mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Bu yilgi "Mukofot-2025" o‘tgan yildagi yutuq va natijalarning ifodasi bo‘ldi. Ishtirokchilar geografiyasi sezilarli darajada kengaydi — Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Farg‘ona vodiysigacha. Nominasiyalarda 210 ta mehmonxona ishtirok etdi, jami 305 ta ariza topshirildi va g‘oliblar TrustYou xalqaro reyting agentligi ma’lumotlari hamda hakamlar hay’atining baholari kombinasiyasi bo‘yicha aniqlandi.

Mukofotlanganlar orasida "Toshkentdagi eng yaxshi biznes-otel", "Eng yaxshi kichik mehmonxona", "Eng yaxshi eko-otel" va "Madaniy meros ob’ekti hududidagi eng yaxshi mehmonxona" nominasiyalarida g‘olib bo‘lgan InterContinental Tashkent, Frankfort Expo Hotel, Crowned Plaza Tashkent, Misgaron Hotel va Mo‘venpick Hotel Samarqand kabi ob’ektlar bor.

V Milliy mehmondo‘stlik mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Beshinchi Milliy mehmondo‘stlik mukofoti soha mutaxassislarining yuqori professionallik darajasini va O‘zbekistonning innovasiyalar, ta’lim va insoniy yondashuv asosida turizmni barqaror rivojlantirishga intilishini yana bir bor tasdiqladi.

Xalqaro mehmonxona brendlari O‘zbekiston mehmonxona xizmatlari bozorida o‘z ishtirokini faol kengaytirmoqda: 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda IHG, Accor, Wyndham, Radisson, Hilton va Hyatt kabi global tarmoqlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:12. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!