Isroil AQSh va Eron o‘rtasida har qanday shakldagi kelishuvga erishilishiga to‘sqinlik qiladi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ma’lum qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, Vashington va Tehron o‘rtasida tuzilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy bitim Isroilning milliy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi xavfi mavjud. Shu sababli Rasmiy Quddus bu jarayonga yo‘l qo‘ymaslik uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi.
«Bunday kelishuv Isroil xavfsizligi va manfaatlariga ziddir. Biz bunga jim qarab turmaymiz va bitim tuzilishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda OAV.