Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

«Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi

«Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi

Raqobat qo‘mitasi «Uzum Tezkor» MCHJni yetkazib berish bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etdi.

Qo‘mitaning tegishli buyrug‘i bilan tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida «Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi.

«Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatini raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishi ma’lum qilinadi», deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq, bu bozorda «Yandex Eats» va «Express24» servislari ham ustun mavqega ega deb topilgandi.

Kiritildi: 11:05 02.04.2025. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!