Unda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi, shuningdek, 30 dan ortiq JSTga a’zo davlatlar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda O‘zbekistonning tashqi savdo siyosati, ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar holati hamda milliy qonunchilikni JST talablariga moslashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.