Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron prezidenti Masud Pezeshkian Qatar amiridan uzr so‘radi

Eron prezidenti Masud Pezeshkian Qatar amiridan uzr so‘radi

Eron prezidenti Masud Pezeshkian Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Taniga telefon orqali murojaat qilib, Qatarda joylashgan Al-Udeid harbiy bazasiga berilgan zarba yuzasidan afsusdaligini bildirdi.

Reuters agentligining xabar berishicha, bu haqda Qatar hukumat rahbari va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Al Tani ma’lum qilgan.

Prezident Pezeshkianning bayonotiga ko‘ra Eron Qatardagi voqealardan afsusda va Eron-Qatar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik munosabatlarini rivojlantirishga intilmoqda.

Pezeshkian yaqin fursatda Dohada Qatarning amiri bilan uchrashib, ikki tomonlama aloqalarni muhokama qilish istagini bildirgan.

Mazkur bayonot Eron mintaqadagi geosiyosiy vaziyatni yumshatish, ayniqsa Fors Ko‘rfazidagi davlatlar bilan munosabatlarni barqarorlashtirishga harakat qilayotganidan dalolat beradi.

Kiritildi: 23:35 24.06.2025. O'qildi: 1617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!