Zelenskiy o‘zini eng zo‘r emas, balki hozir Ukrainani boshqara oladigan eng tajribali odam deb hisoblashini aytdi. Ukraina prezidenti bu haqda Sky News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Sky News jurnalisti Zelenskiydan urush davom etayotgani va uning AQSh prezidenti bilan munosabatlari "yaxshi emasligini" hisobga olib, hokimiyatni boshqa rahbarga topshirish haqida o‘ylaganligi so‘radi.
"Men bunga har doim tayyorman, lekin bu og‘ir sinovdan qanday o‘tganimizni hisobga olib, xalqimga, o‘zim sevgan va hurmat qiladigan odamlarga xiyonat etishga tayyor emasman. Urush davom etmoqda va mening buyuk burchim bu urushdan o‘z vatanim bilan birga chiqishdir. Agar xalqim “boshqa rahbar kerak” deb hisoblasa, meni e’tiroz bildirishga haqqim yo‘q. Men charchadim, bu haqiqat, chunki mamlakat jang qilmoqda. Bundan ham ko‘proq charchagan odamlar bor", — dedi Zelenskiy.
Jurnalist undan "Zelenskiy Ukraina bilan urushda qatnashish uchun eng yaxshi nomzodmi?", deb so‘radi.
"Men eng tajribaliman, balki eng zo‘r emas. Har doim sizdan yaxshiroq odamlar bo‘ladi. Murakkab vaziyatlarda men har kuni rahbarlar bilan 20 ta muzokara o‘tkazdim. Bularning barchasiga erishish kerak, biz nafaqat kelishuv, balki natija ham keltirishimiz kerak", — deya fikr bildirdi Zelenskiy.