Isroil va AQSh tomonidan Eron yadroviy ob’ektlariga yo‘naltirilgan zarbalardan oldin, Eron o‘zining eng xavfli yadroviy materialini noma’lum joyga ko‘chirgan. Gap 400 kg 60% boyitilgan uraniy haqida ketmoqda — bu miqdor 10 ta yadroviy bomba tayyorlashga yetadi.
Bu material hozir qayerda ekani noma’lum. IAEA (Xalqaro atom energiyasi agentligi) ham rasmiy tekshiruv o‘tkaza olmayapti. Bu darajadagi uran atigi bir necha kun ichida 90% ga boyitilsa, u yadroviy qurolga aylanishi mumkin. Eronning uni yashirib qo‘yishi global xavfsizlik uchun jiddiy tahdid sifatida baholanmoqda.
AQSh razvedkasi bu materialni topishga urinmoqda, ammo hozircha natija yo‘q. Yadro xavfsizligi tarixida ilk bor — strategik darajadagi boyitilgan urani global nazoratdan butunlay chiqib ketdi.