Bu haqda Isroil armiyasi Bosh shtabi rahbari Eyal Zamir ma’lum qildi.
"Biz Eronning yadro va raketa dasturlarini bir necha yil orqaga surdik. Ammo biz hushyor bo‘lishimiz shart. Hozirgi ustuvor yo‘nalish G‘azo sektori hisoblanadi. Biz HAMASni batamom yo‘q qilishimiz zarur", — deya ta’kidladi Zamir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp tomonlarni, ayniqsa Isroilni sulhga rioya qilishga chaqirgan edi.