Isroilda Eron hujumlari natijasida 28 kishi halok bo‘ldi, 1472 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Isroil bosh vaziri devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qilgan.
"Urush boshidan buyon Isroil hududiga 550 ga yaqin raketa uchirildi. 1000 dan ortiq dron uchirildi. Isroil soliq idorasiga yetkazilgan zarar uchun 38 700 da’vo kelib tushdi. 15 500 dan ortiq odam uy-joyidan ayrildi", - dedi Gendelman.
Shuningdek, mojaro paytida Isroil havo hududi yopilgan va 150 mingga yaqin fuqaro uyiga qaytish imkoniga ega bo‘lmagan.