Ijtimoiy tarmoqlarda "motochilarga pichoq bilan tahdid qilishdi" sarlavhasi bilan tarqalgan videoxabarda aks etgan holatga Andijon viloyati IIB tomonidan oydinlik kiritilib, ushbu nojo‘ya harakatni sodir etgan shaxsning xatti-harakatlariga huquqiy baho berildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi hamda 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Jinoyat ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.
Shuningdek, ayblanuvchi o‘zini olib yurgan taksichini ham pichoq bilan qo‘rqitib, tekinga yurgani va taksichini 100 ming so‘m pulini talonchilik bilan qo‘lga kiritilgani aniqlandi.