Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonning JCH-2026dagi guruhdoshi Portugaliya azaliy raqibimizga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekistonning JCH-2026dagi guruhdoshi Portugaliya azaliy raqibimizga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati-2026 oldidan o‘z maydonida Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi, deya xabar berdi Eronning Varzesh telekanali.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan Portugaliya Osiyo mintaqasidan raqib sifatida aynan forslarni tanlagan. Bu bahs iyun oyi boshida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Portugaliya JCH-2026'da O‘zbekiston, Kolumbiya va pley-off o‘yin g‘olibi bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Kiritildi: 19:48 22.12.2025. O'qildi: 1804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik