O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegarada joylashgan ikkita postida uchinchi davlat avtomobillari harakatiga ruxsat beriladi.
Ushbu ruxsat O‘zbekiston va Tojikiston hukumati o‘rtasida imzolangan “Davlat chegarasi orqali o‘tkazish puntklari to‘g‘risida"gi Bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, 2025 yil 10 avgust kuni soat 6:00 dan e’tiboran Toshkent viloyatidagi “Bekobod avto” hamda Sirdaryo viloyatidagi “Xovosobod” chegara bojxona postlari orqali uchinchi davlat fuqarolari hamda yengil avtotransport vositalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilingan.
Avval ushbu punktlar faqat O‘zbekiston va Tojikiston mashinalariga xizmat ko‘rsatib kelgan.