Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Er ostida qolgan oltin zaxiralari 40 yildan kamroq muddatga yetishi mumkin

Er ostida qolgan oltin zaxiralari 40 yildan kamroq muddatga yetishi mumkin

Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) o‘z hisobotida ma’lum qildi.

Kengash hisobotiga ko‘ra, insoniyat ming yillar davomida qazib olgan oltinning qariyb uchdan ikki qismi 1950 yildan keyingi zamonaviy texnologiyalar davriga to‘g‘ri keladi. Qazib okingan oltinning 45 foizi zargarlik sohasida foydalanilgan. Bu shuni anglatadiki, oltinning deyarli yarmi shaxsiy taqinchoqlar ko‘rinishiga aylanib ulgurgan. Dunyo Markaziy banklarida 37 ming 755 tonna oltin saqlanadi.

"Agar shu paytgacha qazib olingan 216 ming 265 tonna oltin bir joyga to‘plansa, uning o‘lchami taxminan AQShdagi Oq uyning kattaligiga teng bo‘ladi", deyiladi hisobotda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer ostida qolgan, hali qazib olinmagan zaxiralar 132 ming 110 tonna deb baholangan. Hozirgi kunda yiliga 3 ming 661 tonna oltin qazib olinishi inobatga olinsa, insoniyatga ma’lum zaxiralarning faqat 38 foizi qolgan. Bu esa dunyo “global oltin taqchilligi” davriga yaqinlashayotganini anglatadi.

Qayd etilishicha, geosiyosiy taranglik va AQSh dollarining zaiflashishi sababli oltin narxi 2025 yil boshidan buyon 50 foizdan ziyodroqqa oshgan. Oktyabr oyida esa rekord darajaga yetib, 1 unsiyasi (31,1 gramm) 4 ming 380 AQSh dollarini tashkil etgan.

Kiritildi: 19:37 10.12.2025. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!