Nashrning xabar berishicha, AQSh prezidenti ma’muriyati Yevropa Ittifoqi bilan ochiq qarama-qarshilikka kirishdi. Bunga Yevrokomissiya tomonidan Ilon Maskning X platformasiga 140 mln dollar miqdorida jarima qo‘llangani sabab bo‘ldi.
"Bu pozisiya Qo‘shma Shtatlarning yangi Milliy xavfsizlik strategiyasida mustahkamlangan bo‘lib, unda Yevropa “geosiyosiy jihatdan yovuz” sifatida tasvirlangan. Hujjatda Yevropa Ittifoqi keskin tartibga solish choralari va migrasiya siyosati orqali demokratik jarayonlarga putur yetkazishda ayblanadi", deya yozmoqda Axios.
Mutaxassislarning fikricha, Transatlantik munosabatlarda chuqur uzilish yuz bergan. Ichki inqirozlar va Ukrainadagi mojaro tufayli zaiflashgan Yevropa uchun bu qarama-qarshilik juda noqulay vaqtda yuz bermoqda.