Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiydan javob: "Men saylovlarga tayyorman..."

Zelenskiydan javob: "Men saylovlarga tayyorman..."

Men saylovlarga tayyorman. Saylov masalasi Ukraina xalqiga bog‘liq. Men ertaga Ukrainada bo‘laman va harbiy holat davrida saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha sheriklar va deputatlarimizdan takliflarni kutaman, dedi Ukraina rahbari Zelenskiy.

Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

- Men hozir Qo‘shma Shtatlardan, ehtimol, yevropaliklar bilan birgalikda saylovlar xavfsizligini ta’minlashni so‘rayapman. Keyin, keyingi 60-90 kun ichida Ukraina saylovlarga tayyor bo‘ladi;

- Bizda hozirda Qrim va boshqa bosib olingan hududlarni qaytarib olish uchun ittifoqchilarimizning kuchi va yordami yetishmayapti;

- Prezident devonini tugatish uning rahbarini tayinlashdan ko‘ra osonroq edi;

- Ukraina allaqachon Sapsan ballistik raketa tizimidan, shuningdek, "Dlinniy Neptun", Palyanisya va Flamingo raketa tizimlaridan foydalmoqda;

- Ukraina Rossiya bilan muzokaralar olib bormayapti; ular hech qanday qiziqish bildirmayapti;

- Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina energetika sohasidagi sulhga tayyor - agar Rossiya tayyor bo‘lsa;

- Uchta tinchlik hujjati mavjud. 20 banddan iborat asos hujjati doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Ikkinchi hujjat Ukraina va AQSh o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari haqida. Uchinchisi sulhdan keyin tiklash haqida;

- Ukraina va yevropaliklar hali o‘zlarining "tinchlik rejasini" AQShga taqdim etishmagan. Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar bugun va ertaga uning ustida ish olib borishadi. Xususan, ular Ukrainaning kelajakdagi Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bilan bog‘liq masalalarni yakunlamoqda.

Kiritildi: 20:40 10.12.2025. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!