Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiyada alkogol sotib olishga ruxsat beriladi

Saudiyada alkogol sotib olishga ruxsat beriladi

Saudiya Arabistoni tashqi ishchi va mutaxassislar uchun yangi qonun joriy qiladi: musulmon bo‘lmagan rezidentlar maxsus ruxsatnoma asosida alkogol sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Sotuv faqat shaxsiy iste’mol uchun va maxsus ajratilgan do‘konlarda amalga oshiriladi. Ommaviy joylarda ichish esa hanuz qat’iy taqiqda qoladi.

Bu qadam Saudiyaning “Vision 2030” islohotlari doirasida jamiyatni bosqichma-bosqich ochish, ekspatlar uchun sharoitni yaxshilash va turizmni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ekspatlar buni qo‘llab-quvvatlamoqda, konservativ jamoa esa ehtiyotkorlik bilan kuzatmoqda. Ammo hukumat barcha jarayon qat’iy nazorat ostida bo‘lishini aytmoqda.

Kiritildi: 23:35 10.12.2025. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!