Zelenskiy Putin bilan birinchi uchrashuvida Qrimni qaytarib berish istagini bildirganini tasdiqladi.
"Balki men buni birinchi uchrashuvda aytgandirman va menimcha, haq edim. Va rostini aytsam: "Ha, bugun bizda bularning barchasiga kuch yo‘q. Bizda bularning barchasiga yetarli yordam yo‘q", dedi Zelenskiy.
Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi birinchi va hozirgacha oxirgi shaxsiy uchrashuv bundan roppa-rosa olti yil oldin Parijda, Normandiya to‘rtligi sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan edi.
Shuningdek, Zelenskiy Ukrainaning hozirda NATOga qo‘shilish imkoniyati yo‘qligini tan oldi.
"Biz realistlarmiz. Biz chin dildan NATOga qo‘shilishni xohlaymiz - bu adolatli. Lekin biz aniq bilamizki, na AQSH, na boshqa bir qancha davlatlar Ukrainani hali ittifoqda ko‘rmaydi. Va, albatta, Rossiya bizni u yerda hech qachon ko‘rmaydi", dedi u.