Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonning birinchi elchisi Bosniya va Gersegovina Prezidiumi raisiga ishonch yorlig‘ini topshirdi

O‘zbekistonning birinchi elchisi Bosniya va Gersegovina Prezidiumi raisiga ishonch yorlig‘ini topshirdi

O‘zbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorlig‘ini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Bosniya va Gersegovina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Bosniya va Gersegovina yetakchisi Jelka Sviyanovich O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi.

Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichiga olib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Ibragimov bungacha O‘zbekistonningAvstriya, Albaniya va Slovakiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida akkreditasiya qilingan edi. Xususan, diplomat 2023 yil noyabr oyida Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga, 2025 yil yanvar oyida Albaniya Prezidenti Bayram Begayga va shu yilning mart oyida Slovakiya Prezidenti Peter Pellegriniga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Shuningdek, Baxtiyor Ibragimov 2023 yil oktyabr oyida YEXHT, YUNODC, MAGATE va Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar va BMTning Vena shahridagi boshqa institutlarida mamlakatimizning rasmiy vakili sifatida ham akkreditasiyadan o‘tgan.

Kiritildi: 14:42 14.04.2025. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!